O‘zbekistonda suv yo‘qotilishini kamaytirish maqsadida kanallarni betonlash dasturini davom ettirish rejalashtirilmoqda. 2025-yilda bu maqsadga 800 mlrd so‘m yo‘naltiriladi. Prezident betonlangan kanallarda suv oqimini tezlashtirish hisobiga kichik GESlar qurish imkoniyatini qayd etdi.
Insoniyat tuproqqa ming yillardan beri bir necha bosqichda ishlov beradi: yumshatadi, tekislaydi, kesaklarni maydalaydi, begona o‘tlarni chopadi. Bu ishlar qisqa istiqbolda hosildorlikka ijobiy ta’sir qiladi, biroq suvning isrof bo‘lishi va hatto chang bo‘ronlariga olib keladi. Xo‘sh, buni o‘zgartirish mumkinmi?
Ikki yil davomida O‘zbekistonda davlat budjetidan suv xo‘jaligiga qariyb 2 mlrd dollar ($2,54 mlrd davlat qarzini hisobga olmaganda) ajratildi, ammo bu vaqt ichida suv isrofi va nasoslarning holati yaxshilanmadi. Sohaga 2024-yilda yana 1,7 trln so‘m va 300 mln dollarlik kredit ajratish rejalashtirilgan.
Markaziy Osiyoda suv resurslari taqchilligi va undan samarasiz foydalanish muammolari uzoq muddatga mo‘ljallangan yangi qarorlarni ishlab chiqish va amalga oshirishni talab etmoqda, dedi O‘zbekiston prezidenti Dushanbeda bo‘lib o‘tgan Orolni qutqarish jamg‘armasi sammitida.
Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Kuchkarov akademik Vladimir Kvint bilan Kuzbass strategiyasi misolida O‘zbekistonning 2030-yilgacha cuv resurslari bo‘yicha yangi strategiyasini ishlab chiqishni muhokama qildi. “Vaziyat falokatli emas, hali ikki-uch yil bor, biroq juda kritik nuqtada”, — dedi Kvint.
O‘zbekistonda ichimlik suvi tariflari ko‘tarilishi, Qoraqalpog‘istonda sholi yetishtiriladigan maydonlarning qisqarishi, Qirg‘izistonning Qozog‘istonga sug‘orish uchun suv berishni to‘xtatgani mintaqada suv inqirozi kuchayib borayotganidan dalolat beradi. “Gazeta.uz” hududlardagi suv bilan bog‘liq vaziyatni o‘rgandi.
Afg‘oniston Qo‘shtepa kanali orqali 600 ming gektar yerni sug‘ormoqchi ekani haqidagi gaplar asossiz. O‘zbekiston suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Xamrayevning aytishicha, “Tolibon” taxminan 300 ming gektarni sug‘ormoqchi, bunga 4−5 mlrd kub metr suv yetadi. O‘zbekiston mana shu miqdor saqlanib qolishiga intiladi.
Senatda suv resurslaridan foydalanishda maqsadsiz va o‘ylovsiz ishlatilishi masalasi ko‘rib chiqildi. Senatorlar ushbu muammoga qarshi kurashish maqsadida chora-tadbirlarni ishlab chiqish bo‘yicha takliflar bildirdi.
XVJ ijrochi direktori Kristalina Georgiyeva O‘zbekistondagi suv taqchilligi bo‘yicha savolga javob berib, suv resurslarining to‘g‘ri narxlanganiga ishonch hosil qilishga chaqirdi. Shuningdek, u Markaziy bank raisidan O‘zbekistonda suv bo‘yicha narx siyosati qanday ekanini so‘radi.
MHTI ekspertlari O‘zbekistonda suv tanqisligini qurg‘oqchil hududlarning qishloq xo‘jaligi tarmog‘iga qanday ta’sir ko‘rsatishini o‘rgandi. 2030-yilga borib mamlakatda 7 mlrd kub metr suv tanqisligi kuzatilishi mumkin. Natijada O‘zbekiston suv tanqis bo‘lgan 33 ta davlat qatoriga tushib qolish ehtimoli bor.
Suv xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Azimjon Nazarovning aytishicha, O‘zbekistonga suv resurslarining 80 foizi boshqa davlatlardan keladi, 20 foizi mamlakatda hosil bo‘ladi. Tahlillarga ko‘ra, 2030-yilga borib O‘zbekistonga 7 mlrd kub metr suv yetishmaydi. Vazirlik suvdan oqilona foydalanish zarurligini aytdi.
Yer kimlarningdir nafsi uchun uvol qilinmay, ishlaydigan odamga berilishi kerak; «chinakam innovatsiyalar» suv tanqisligi oqibatlarini yumshatadi, ammo ular joriy etilmasa, mintaqadagi bo‘lajak agrar muammolardan eng ko‘p o‘zbekistonliklar aziyat chekadi, deb hisoblaydi yapon universiteti doktoranti Aziz Omonov.
Hukumat kutilayotgan suv tanqisligi sharoitida O‘zbekistonda sug‘orish uchun suv olish limitlarini tasdiqladi. Mamlakat bo‘yicha limit 28,2 mlrd kub metr suvni tashkil etadi, bu o‘tgan yili olingan suvning taxminan 94,5 foiziga teng.
O‘zbekistonda suv sathining pastligi tufayli gidroelektr stansiyalari unumdorligi 23 foizga kamaydi, bu esa mamlakatning ayrim hududlarida elektr ta’minotida qisqa muddatli uzilishlarga olib keldi, deb xabar berdi Energetika vazirligi.
Qirg‘iziston Energetika va sanoat vaziri o‘rinbosari Taalaybek Ibrayev Toqtogul suv omborining suv sathi «o‘lik chegara» darajasigacha tushishi ehtimoli kattaligi tufayli Markaziy Osiyo davlatlarini kutilayotgan suv tanqisligidan ogohlantirdi. Uning fikricha, «vaziyatni o‘nglash uchun Qirg‘iziston elektr energetika tizimiga qo‘shni davlatlardan yordam olish zarur».
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting